Jamiyat | 15:50 / 12.07.2017
25883
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati kengashiga rais saylandi

Respublika bo‘ylab O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining kengaytirilgan yig‘ilishlari start oldi.

Ittifoqning Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan kengash yig‘ilishida Adham Jalolovich Ahmedov viloyat Kengashiga rais etib saylandi. Bu haqda «Kun» muxbiri Ahror Ziyo ma'lumot bergan.

Adham Jalolovich Ahmedov 1975 yil 6 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. Shu kunga qadar Farg‘ona Politexnika Insituti o‘qituvchisi (2000 yil), «Kamolot» YoIH viloyat Kengashida mutaxasis (2002 yil), Toshloq tuman Kengashi raisi (2006 yil), Viloyat Kengashi raisi (2011 yil), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi (2013 yil), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari (2015 yil) va hozirda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Bundan avvalroq O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va Andijon viloyati kengashlariga raislar saylangani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid