Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Komissiyasining Bosh direktori O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Joriy yilning 12 iyulida Yevropa Komissiyasining Xalqaro rivojlanish va hamkorlik bo‘yicha Bosh direktori Stefano Manservisi boshchiligida, shuningdek, Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqining Maxsus vakili Peter Burian va boshqa rasmiy shaxslar ishtirokidagi Yevropa Ittifoqi (YeI) dan bo‘lgan yuqori martabali rasmiy shaxslardan iborat delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz’ga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi xabar berdi.
O‘zining O‘zbekistonga tashrifi davomida janob Manservisi qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy rivojlanish, xususiy biznes va tadbirkorlik, suv manbalari hamda energetikani boshqarish, chegaralarni boshqarish kabi sohalarni kiritgan holda YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida Hukumat vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Delegatsiya YeI a'zo davlatlarining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, JICA, KOICA, BMTning Rivojlanish dasturi, YUNISEF Jamg‘armasi, Butunjahon banki kabi rivojlanish sohasidagi agentliklar bilan ham hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash imkoniyatlarining asosiy masalalarini muhokama qilish uchun bir necha uchrashuvlar o‘tkazadi.