Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tekshiruvchilar ishini kim muvofiqlashtiradi?
Prezidentning 4.07.2017 yildagi PF-5102-son farmoni bilan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tarkibi yangilandi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
Ma'lumot uchun: Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi Prezidentning 8.08.1996 yildagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan tashkil etilgan.
Kengashga Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va Oliy Majlisning ikki vakili kiritilgan:
• Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi
• Qonunchilik palatasining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi.
Ilgari kengashda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi ishtirok etgan.
Yangilangan tarkibda Oliy xo‘jalik sudi tugatilganligi munosabati bilan ushbu sud instansiyasi raisi yo‘q. Shuningdek Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari undan chiqarib tashlangan.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
14:29 / 17.03.2025