Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN boshlovchisi AQSh madhiyasini Fransiyaniki bilan adashtirib yubordi
Amerikaning CNN telekanali boshlovchisi Poppi Xarlou AQSh madhiyasini Fransiyaniki bilan adashtirib yubordi, deb xabar bermoqda Fox News. Jonli efirda AQSh prezidenti Donald Tramp va uning fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makronning Parijdagi uchrashuvini sharhlar ekan, jurnalist ayol teletomoshabinlarga Fransiya madhiyasini tinglashni taklif qilgan. Biroq, bu paytda AQSh madhiyasi yangrayotgan bo‘lgan.
- Keling Fransiya madhiyasini biroz eshitamiz, - dedi Xarlou va jim bo‘lib qoldi, bir necha soniya o‘tib esa o‘z xatosini to‘g‘irlashga shoshildi. – AQSh madhiyasi, Amerika milliy madhiyasi, demoqchi edim. Keling tinglaymiz.

Hodisadan darg‘azab bo‘lgan Fox News telekanali boshlovchilarining ta'kidlashicha, Xarlou kadr ortida kimdir unga xatosini shivirlab aytganidan so‘ng buni payqagan. Shuningdek, ular CNN’ni "feyk yangiliklar"ni tarqatishda ayblashdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025