Davlat soliq qo‘mitasi rahbari Qozog‘iston elchisi bilan uchrashdi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama etishdi, deb xabar bermoqda DSQ matbuot xizmati.
Tomonlar aniq loyihalarni ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash orqali savdo, investitsion-texnologiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik muhim ekanini qayd etishdi.
Qozog‘iston delegatsiyasiga soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.
Qozog‘iston respublikasida axborot texnologiyalarining katta rivoji ta'kidlab o‘tildi, u barcha faoliyat sohalarini avtomatlashtirishga xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonga qozog‘istonlik mutaxassislarning ko‘rsatilgan sohada tajriba almashish uchun tashrifini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
12:25 / 26.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston mavsumiy meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib beradi
17:43 / 25.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
12:47 / 22.11.2024