Jamiyat | 16:30 / 14.07.2017
5248
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Nitstsadagi terakt suratlarini e'lon qilish taqiqlandi

Parij sudi Nitstsada o‘tgan yilning 14 iyul kuni ro‘y bergan terakt fotosuratlarini e'lon qilishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozmoqda The Local nashri.

Ta'kidlanishicha, mahalliy Paris Match haftaligining sonlaridan birida terrorchi Muhammad Buhlol yuk mashinasi rulida Nitstsadagi Angliya sohilbo‘yida kishilarning ustiga bostirib borishi tasvirlangan suratlar e'lon qilingan.

Sudning fikricha, OAV va internetda ushbu fotosuratlarni e'lon qilish “inson qadr-qimmatini kamsitish”dir, Parij prokuraturasi esa gazetaning ushbu sonini sotuvdan olib tashlashni talab qildi.

Nashr muharririyatining ma'lum qilishicha, fotosuratni “odamlar haqiqatni bilishi lozimligi” tufayli e'lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 14 iyul kuni Nitstsadagi Angliya sohilbo‘yida Bastiliya egallangan Kunni nishonlash chog‘ida yuk mashinasi kishilarning ustiga bostirib borildi, natijada 86 inson halok bo‘ldi va yana 300 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid