Toni Bler Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga o‘z qarashini bildirdi
1997-2007 yillarda Buyuk Britaniya hukumatiga rahbarlik qilgan leyboristlar partiyasining eng muvaffaqiyatli bosh vaziri Toni Bler Birlashgan Qirollikning YeI tarkibidan chiqishiga doir fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, bu jarayonni to‘xtatish kerak. U Sky News telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot berdi. Suhbat 16 iyul kuni Sophy Ridge on Sunday ko‘rsatuvida to‘liq namoyish etiladi.
"Hozirda Brexit’ga yo‘l qo‘ymaslik mumkin, deb o‘ylayman. Men YeI tarkibidan chiqish amalga oshmasligi kerak, deb hisoblayman. Chunki u ham iqtisodiy va siyosiy nuqtainazardan zarar yetkazadi", - deb qayd etgan sobiq bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kun jamoatchilik fikri hamjamiyatda qolish tomon o‘zgarmoqda. Bunga iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar sabab bo‘layapti. "O‘tgan yilnng shu davrida G7 davlatlari iqtisodiyotida eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi bizga tegishli edi. Endilikda, bizlarning jamg‘armalardagi ulushimiz 50 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichda. Xalqaro investitsiya hamjamiyati haqiqatdan ham bizga salbiy yondasha boshladi. Masalan, avtomobilsozlik sanoatiga kiritilayotgan sarmoyalar 30 foizga qisqardi. Insonlar turmushida turg‘unlik ko‘zga tashlanmoqda", - degan Bler.
Toni Bler uch marotaba - 1997, 2001 va 2005 yillarda Leyboristlar partiyasini ishonchli g‘alabaga yetaklagan. U har doim Birlashgan Qirollikning Yevrointegratsiya tarafdori bo‘lib kelgan va mamlakatning YeIga a'zoligini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Konservatorlar partiyasining referendum o‘tkazishga doir har qanday urinishini rad etgan. Bu referendum o‘tgan yil iyun oyida o‘tkazildi va 51,9 foizga 48,1 foiz nisbatida yevroskeptiklar foydasiga hal bo‘ldi.
Shu yilning mart oyi oxirida amaldagi bosh vazir Tereza Mey YeI Lissabon shartnomasining 50-moddasini kuchga kiritdi. Shu bilan mamlakatning YeI tarkibida chiqish bo‘yicha 2 yillik, rasman ortga qaytarib bo‘lmaydigan jarayonga start berildi. Biroq, Bryussel tomoni Buyuk Britaniya istasa ittifoqda qolishi mumkinligini bildirdi.
Mavzuga oid
20:19 / 26.11.2024
Britaniyada dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:39 / 26.11.2024
Bloomberg: Buyuk Britaniya bir necha hafta oldin Ukrainaga o‘nlab Storm Shadow raketalarini yetkazgan
00:44 / 26.11.2024