Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik pensioner ayol ko‘zida 27 dona linzani unutib qoldirdi
Ko‘z shifokori britaniyalik pensioner ayol ko‘zidan olishni unutgan 27 dona linzani chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Optometry Today nashri yozmoqda.
Ayol kataraktadan shikoyat qilib shifokorga kelgan. Oftalmolog bemorni ko‘zdan kechirganda ko‘z kosachasidagi ko‘kimtir qobiqqa e'tibor qaratgan. Aniqlanishicha, ayolning ko‘zida 27 dona linza qolgan, ammo bemorning o‘zi ham bu haqda o‘ylab ko‘rmagan. Shifokor birinchi ko‘rikda 17 ta linzani, ikkinchisida qolgan 10 tasini chiqarib olgan.

67 yoshli ayolning keyinchalik hikoya qilishicha, ko‘zidagi achishishni keksalikka yo‘ygan. Nashrning yozishicha, u bir martalik linzalardan 35 yil mobaynida foydalangan.
Ayolning kataraktasini olib tashlashi kerak bo‘lgan oftalmologlarning tan olishlaricha, ularning hech biri shifokorlik tajribasida bunday holatga duch kelmagan. Shu sababli jarrohlik amaliyoti boshqa muddatga belgilandi.
Linzalar olinganidan 2 hafta o‘tgach, bemor o‘zini ancha yaxshi his qilayotganini aytgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025