Jamiyat | 22:00 / 17.07.2017
53587
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Sudlanuvchi sud zalida ozod etildi

Foto: Xalq bilan muloqot sahifasi

O‘g‘rilikda ayblangan shaxs, ish qayta ko‘rib chiqilgach, sud zalidayoq ozod etilgan. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining «Xalq bilan muloqot /Dialog s narodom» sahifasida ma'lum qilingan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatda ko‘rsatilgan ma'lumot sud tomonidan o‘rganilib, 2017 yil 14 iyul kuni o‘g‘rilikda ayblanayotgan A.Umurzakovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud uning harakatlarida tegishli og‘irlashtiruvchi holat (jinoyatni uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etish) mavjud emasligi haqida xulosaga keldi va jinoyatni qayta kvalifikatsiya qildi.

Shunga ko‘ra, sud A.Umurzakovga nisbatan amnistiya aktini qo‘lladi hamda uni sud zalidan ozod qilgan holda jamiyatga va oilasi bag‘riga qaytardi», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid