Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya dengiz sohilida 350 kilogrammlik toshbaqaning jasadi topildi
Fransiyaning Atlantika okeani sohilida joylashgan Lej-Kap-Ferre kommunasi (Jironda departamenti)dagi shahar cho‘milish havzasida ulkan toshbaqaning o‘ligi topildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Shahar hokimi Mishel Sammarchellining Frans Press agentligiga ma'lum qilishicha, gap toshbaqaning uzunligi 1,65 metr, vazni 300-350 kg keladigan turi haqida bormoqda.
Shahar kommunal xizmatlari toshbaqani sohildan olib tashlash uchun ekskavatordan foydalangan. Toshbaqani vaqtinchalik boshpanaga keltirishgan, bu yerda uni La-Rosheli dengiz akvariumi observatoriyasi mutaxassislari ko‘zdan kechirishadi.
Akvariumning dengiz toshbaqalarini o‘rganish markazi rahbar Matyo Kutanning aytishicha, hayvon o‘limiga nima sabab bo‘lgani uning tanasi ochib ko‘rilganidan so‘ng ma'lum bo‘ladi.
Jonivor oshqozoniga plastmassa buyumi kirgani sababli hayotdan ko‘z yumgani taxmin qilinmoqda.
Terili toshbaqa bugungi kunda toshbaqalar oilasining eng yirik vakili hisoblanadi. Uning uzunligi 2,5 metrga yetishi, vazni 900 kgdan ortishi mumkin.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025