Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh noutbuklarni samolyot bortiga olib o‘tishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
AQSh transport xavfsizligi boshqarmasi 17 iyuldan e'tiboran aviayo‘lovchilarning qo‘l yuklarida elektron qurilmalarni olib o‘tishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu o‘zgarish Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasi reysiga nisbatan ham joriy etildi.
Shu bilan Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridan parvoz qiluvchi hamda shunday taqiq bekor qilingan 9 ta aviakompaniyaning so‘nggisi bo‘ldi. Elektron qurilmalarni samolyot bortiga olib chiqish bo‘yicha taqiq shu yilning mart oyida joriy qilingan edi.
Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin orada Amerika mulozimlari Saudiya Arabistoniga safar qilib, Vashingtonning parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha talabi Saudiya hukumati tomonidan qanchalik bajarilganini tekshiradi, deb xabar qiladi Deutsche Welle.
Elektron qurilmalarni samolyot bortiga olib o‘tmaslik bo‘yicha taqiq ushbu qurilmalardan foydalanilgan holda teraktlar sodir etilishining oldini olish maqsadida joriy etilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
07:52 / 28.05.2025