Jahon | 20:21 / 19.07.2017
20562
3 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumatida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Foto: Anadolu

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Vazirlar Mahkamasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi. Uning ma'lum qilishicha, Mudofaa vaziri Fikri Ishik hamda Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini egallashgan, 5 yangi vazir tayinlangan.

Mehmet Shimshek, Rajab Oqtog‘ va Xoqon Chovusho‘g‘li ham bosh vazir o‘rinbosarlari bo‘lishdi.

Endilikda shu vaqtgacha Adolat va taraqqiyot partiyasi bosh kotibi bo‘lgan Abdulhamid Gul Adliya vaziri, Nuriddin Janikli esa (u Fikri Ishikning o‘rinbosari edi) Mudofaa vaziri bo‘ldi.

Yildirim bu o‘zgarishlarni «Vazirlar Mahkamasidagi qon almashtirish» deb baholagan.

Bosh vazir o‘rinbosarlari:

Bekir Bo‘zdog‘,

Mehmet Shimshek,

Fikri Ishik,

Rajab Oqdog‘,

Xoqon Chovusho‘g‘li;

Vazirlar

Adliya vaziri – Abdulxamid Gul;

Oila va ijtimoiy siyosat vaziri – Fatma Betul Sayan Kaya;

Yevropa ittifoqi ishlari bo‘yicha vazir – Umar Chelik;

Fan, sanoat va texnologiyalar vaziri – Faruk O‘zlu;

Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri – Julide Sariero‘g‘li;

Atrof-muhit muhofazasi va shahar qurilishi ishlari vaziri – Mehmet O‘zxaseki;

Tashqi ishlar vaziri – Mavlud Chovusho‘g‘li;

Iqtisodiyot vaziri – Nixat Zeybekchi;

Energetika va tabiiy resurslar vaziri – Berat Albayrak;

Yoshlar bo‘yicha va sport vaziri – Usmon Ashkin Bak;

Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vaziri – Ahmet Eshref Fakibaba;

Bojxona va savdo vaziri – Bulent Tufenkchi;

Ichki ishlar vaziri – Sulaymon So‘ylu;

Taraqqiyot vaziri - Lutfi Elvan;

Madaniyat va turizm vaziri - No‘'mon Kurtulmush;

Moliya vaziri - Naji Agbal;

Milliy ta'lim vaziri – Ismat Yilmaz;

Milliy mudofaa vaziri – Nuriddin Janikli;

O‘rmon xo‘jaligi va suv resurslari vaziri – Veysel Ero‘g‘li;

Sog‘liqni saqlash vaziri – Ahmet Demirjan;

Transport, kemasozlik va aloqalar vaziri – Ahmet Arslon. 

Mavzuga oid