O‘zbekiston-U23 Osiyo chempionatiga chiqdi
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi D guruhi 3-turida mezbon BAA U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi.
2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichining to‘g‘ridan-to‘rg‘i yo‘llanmasi uchun kechgan o‘yinda Islomjon Qobilov va Javohir Siddiqovning gollari O‘zbekiston yoshlar termasiga g‘alaba keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichining dastlabki o‘yinda Ravshan Haydarov shogirdlari Livanni (3:1), ikkinchi turda Nepalni esa (2:0) taslim qilgandi. O‘tkazilgan uch o‘yinda 100 foizlik natija ko‘rsatgan O‘zbekiston U-22 termasi birinchi bo‘lib OCh yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
U-23 OCh saralashi
D guruhi, 2-tur
19 iyul, chorshanba
BAA – O‘zbekiston 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: Islomjon Qobilov (67), Javohir Siddiqov (90)
BAA U-22: Muhammad Busanda, Ahmad Rashid, Said Juma al-Saadi, Muhammad Abdulbosit, Majid Ibrohim, Ahmad Husayn al-Hashmi, Muhammad al-Akbari, Muhammad Rashid, Xolid Ibrohim, Suhail Ahmad Said, Abdulaziz Salim al-Kaabi.
O‘zbekiston U-22: Botirali Ergashev, Islomjon Qobilov, Akram Komilov, Doston Tursunov, Abbos Otaxonov, Azizjon G‘aniyev, Jasur Yaxshiboyev (Doniyor Narzullayev, 75), Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov (Abdujamol Isroilov, 89), Sharof Muhitdinov, Zabihillo O‘rinboyev (Bobur Abduxoliqov, 90).
Mavzuga oid
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024