O‘zbekiston | 19:41 / 21.07.2017
39489
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident virtual qabulxonasiga yo‘llangan murojaatlar soni 1 millionga yetdi

2017 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 1 millioninchi murojaat ro‘yxatga olindi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ayrim murojaatlar quyi darajadagi ijrochilar tomonidan lozim darajada to‘laqonli va sifatli ko‘rib chiqilmoqda, deb aytish qiyin. Ba'zi muammolarning yechimi esa, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal sohadagi masalalar O‘zbekistonda ro‘y berayotgan islohotlarninig ko‘lami va natijasi bilan bog‘liqdir hamda ma'lum bir vaqtni talab etadi.

Shu o‘rinda ma'lumot: Virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari institutlari majmui, ularni ishlatuvchi davlat organlari tizimi boshqa hech qaysi davlatda joriy etilmagan. Har bir murojaat nazoratga olinishi esa yangi tizimning eng e'tiborli tomonidir.

Foto: pm.gov.uz 

Albatta, kelajakda soatdek ishlaydigan shunday tizim yo‘lga qo‘yilishi kerakki, har bir soha va idoraning samarali faoliyati ariza va shikoyatlar yozishga ehtiyoj qoldirmaydigan va insonlar to‘siqlarga duch kelmasdan o‘z masalalarini hal eta oladigan darajada bo‘lishi lozim.

Lekin bu muammolarga albatta barham beriladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil hayotga to‘liq tatbiq etiladi.
Virtual qabulxona esa bunga o‘z hissasini qo‘shadi.

Mavzuga oid