Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya davlat dumasi anonimayzerlarni taqiqladi
Rossiya davlat dumasi juma kuni internetda taqiqlangan saytlarga kirish imkonini beruvchi servislarni (anonimayzerlar) RF hududida ishlatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Hujjat RFda taqiqlangan saytlarga kirish imkonini taqdim etuvchi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot resurslari egalariga ularga kirish imkonini taqiqlashni nazarda tutadi.
Rossiya axborot kommunikatsiyalari ustidan nazorat xizmati taqiqlangan resurslarning qora ro‘yxati bo‘lgan davlat federal axborot tizimini tuzadi va uni yuritadi. Huquqni muhofaza qilish idoralari murojaatiga ko‘ra, muassasa taqiqlangan internet resurslarga kirish imkonini beruvchi dasturiy-uskuna vositalarini internetda joylashtirishga yo‘l qo‘yib bergan provayderni aniqlaydi. Bunday provayderga rus va ingliz tillarida elektron bildirishnoma yuborilib, unda anonimayzer egasini aniqlash imkonini beradigan ma'lumotlar taqdim etish haqida so‘raladi. Provayder uch ish kuni mobaynida tegishli ma'lumotlarni berishi kerak.
Shundan so‘ng nazorat xizmati anonimayzerga axborot tizimiga ulanish bo‘yicha talab qo‘yadi, resurs buni 30 kundan so‘ng amalga oshirishi lozim. Agarda tegishli talablar bajarilmasa, nazorat xizmati anonimayzerni bloklab qo‘yadi.
Shu bilan birga, bunday normalar davlat axborot tizimlari operatorlari, davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqari organlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bunda ularning foydalanuvchilari avvaldan ma'lum bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025