Sport | 19:39 / 22.07.2017
4688
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro suzish federatsiyasi o‘z prezidentini sayladi

foto: Sergey Savostyanov/TASS

Urugvaylik Xulio Maglione 4-muddata Xalqaro suzish (FINA) prezidentligiga saylandi. Ovoz berish jarayoni tashkiloting Budapeshtda bo‘lib o‘tgan kongressida bo‘lib o‘tdi. Shu kunlarda Vengriya poytaxtida suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati ham bo‘lib o‘tmoqda. 

81 yoshli Maglionega FINA prezidentligi uchun kurashda Yevropa suzish ligasi rahbari, italiyalik Paolo Barelli bo‘ldi. Kongress ishida FINA federatsiyasiga a'zo 176 davlat vakillari qatnashmoqda. Unda g‘alaba qozonish uchun 177 ovoz to‘plash talab etilar edi. Urugvaylik mutaxassis 258 ta ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 

Quvaytlik Husayn al Musallam FINA birinchi vitse-prezidenti, JAR vakili Sem Ramsami ikkinchi vitse-prezident etib saylandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid