Terma jamoa nazorat uchrashuvida arab klubini mag‘lub etdi
Ayni kunlarda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Saudiya Arabistonining «At-Ta'vun» klubiga qarshi uchrashuvda Igor Sergeyev tomonidan uchrashuvning 29-daqiqasida kiritilgan yagona gol O‘zbekiston milliy terma jamoasiga kichik hisobda g‘alaba keltirdi.
Ma'lumot uchun, mazkur yig‘in doirasidagi ilk uchrashuvda milliy terma jamoa Eronning «Zob Ohan» klubiga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edi.
Ushbu yig‘in Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa uchun Xitoy hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalariga qarshi Jahon chempionati saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Izmir, Turkiya. 23 iyul, shanba
O‘zbekiston – «At-Ta'vun» (Saudiya Arabistoni) 1:0
Gol: Igor Sergeyev (29).
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 46), Davron Hoshimov (Erkin Boydullayev, 27), Otabek Shukurov, Murod Holmuhamedov, Akmal Shorahmedov, Farruh Sayfiyev, Sherzod A'zamov, Salamat Qutiboyev (Shoxruz Norhonov, 74), Jaloliddin Masharipov, Sardor Mirzayev, Igor Sergeyev (Aleksandr Merzlyakov, 79).
Mavzuga oid
12:36 / 19.08.2020
O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi
12:19 / 24.06.2020
O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
16:56 / 11.06.2020
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi
19:58 / 23.02.2020