Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tottenhem» o‘rtoqlik uchrashuvida «PSJ»dan ustun keldi
«PSJ» Amerikaning Orlando shahrida o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida «Tottenhem»ga 2:4 hisobida yutqazdi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Edinson Kavanining tezkor goliga inglizlar Kristian Eriksen va Erik Dayyerning aniq zarbalari bilan javob qaytardi. Parijliklar havbeki Haver Pastore tanaffus arafasida hisobni tenglashtirdi, ammo o‘yindagi hal qiluvchi epizod tanaffusdan keyin sodir bo‘ldi.
Avvaliga, ikkinchi bo‘lim boshida «PSJ» darvozaboni Kevin Trapp qizil kartochka oldi. Frantsuzlar bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga qaramasdan tenglikni saqlab qolayotgandi, ammo «shporlar» o‘yin oxirida ikki gol urishdi.
82-daqiqada Tobi Alderveyreld «Tottenhem»ni hisobda oldinga olib chiqdi, Harri Keyn esa penaltidan jamoasining to‘rtinchi golini urdi.
International Champions Cup
Orlando, AQSh
PSJ – Tottenhem 2:4 (2:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 6 Kavani, 1:1 – 11 Eriksen, 1:2 – 18 Dayyer, 2:2 – 36 Pastore, 2:3 – 82 Alderveyreld, 2:4 – 88, penalti Keyn.
PSJ – Trapp, Markinos, Kurzava (Berchiche, 68), Dani Alves (Nkunku, 68), Kimpembe, Rabo (Matyuidi, 46), Lo Chelso (Berned, 46), Motta (Kallegari, 68), Pastore (Di Mariya, 68), Gonsalu Gedesh (Areolya, 48), Kavani (Xese, 46).
Tottenhem – Loris (Vorm, 46), Devis, Karter-Vikers (Alderveyreld, 46), Vertongen (Vimmer, 46), Uoker-Piters (Tripper, 46), Dayyer (Vanyama, 46), Dembele (Uinks, 60), Nkudu (Alli, 46), Eriksen, Onoma (Oukli-But, 46), Yanssen (Keyn, 46).
Ogohlantirishlar: Xese (59), Alderveyreld (70).
Chetlatish: Trapp (46).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
18:52 / 01.05.2025