Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik o‘quvchi xalqaro matematika olimpiadasida kumush medal oldi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro matematika olimpiadasida jahonning ko‘plab davlatlari qatori, o‘zbekistonlik o‘smirlar ham ishtirok etishdi.
O‘zbekistonliklar bitta kumush medal, to‘rtta faxriy yorliq bilan qaytishdi. Bu haqdagi ma'lumot xalqaro matematika olimpiadasining rasmiy saytida keltirilgan.
Shuhrat Ismoilov rahbarligidagi o‘quvchilar guruhidan Abdumalik Abduqayumov absolyut 82 ball, nisbatan 86,81 foiz natija ko‘rsatib, kumush medalga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Davrbek Oltiboyev, Tolibjon Ismoilov, Doniyor Yazdonov, Doniyorbek Matyoqubov erishgan natijalari uchun maqtov yorlig‘i bilan taqdirlanishgan.
Vakillarimiz umumjamoa hisobida 69 ball to‘plashdi. 170 ball to‘plagan janubiy koreyalik yosh matematiklar birinchi, xitoyliklar ikkinchi (159), Vetnamdan kelgan o‘quvchilar uchinchi o‘rinni (155) egallashdi. Kuchli o‘nlikdan AQSh (148), Eron (142), Yaponiya (134), Singapur, Tailand (131), Buyuk Britaniya va Tayvan (130) o‘rin olgan.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
01:05 / 14.11.2024
Oliy matematika sun’iy intellektning zaif tomoni bo‘lib qolmoqda - tadqiqot
16:56 / 11.11.2024
Toshkentlik o‘qituvchi olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilari uchun 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
16:40 / 08.10.2024