Fan-texnika | 18:05 / 24.07.2017
13335
2 daqiqa o‘qiladi

“Uzcard” tizim xavfsizligini kuchaytirdi

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” (YaUPM) MChJ QK “UZCARD” Banklararo to‘lov tizimi himoyasi uchun DLP-qarorni tatbiq etdi. 
 
“UZCARD” bugungi kunda to‘lov tizimi ishtirokchisi bo‘lgan 26 bank tomonidan chiqarilgan kartochkalarga xizmat ko‘rsatadi.
 
Tizimdan o‘tayotgan juda katta hajmdagi maxfiy ma'lumot himoyaning zamonaviy texnologik qarorlaridan foydalanishni talab qiladi. Ular axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha davlat va xalqaro standartlarga mos kelishi kerak. YaUPM mutaxassislari bir necha tizimni sinovdan o‘tkazishdi va “SyorchInform axborot xavfsizligi konturi”ni tanlashdi.
  
Bugun “SyorchInform axborot xavfsizligi konturi” YaUPMning quyidagi vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilmoqda:

•  YaUPM xodimlari va mijozlari shaxsiy ma'lumotlariga ega fayllarning harakatlanishini monitoring qilish.
•  Axborot xavfsizligi bo‘limi xodimlari va tashkilot rahbariyatini ro‘y bergan hodisalar haqida xabardor etish.
•  Xodimlar tomonidan sarflanayotgan kompaniya resurslarini nazorat qilish, xizmatchilar mehnati samaradorligini boshqarish, shuningdek, xodimlari mas'uliyatini oshirish.
•  Axborot oqimini YaUPM axborot xavfsizligi Siyosatining buzilishiga oid holatlarni aniqlash maqsadida tahlil qilish.
 
“SyorchInform AXK” yordamida to‘lov kartalari egalari haqidagi ma'lumot “UZCARD” tizimida eng ishonchli tarzda nazorat qilinuvchi ma'lumotlar turidan biriga aylandi. 

Mavzuga oid