Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Yunnan viloyatidagi suv toshqinlari 10 kishining umriga zomin bo‘ldi
Xitoyning Yunnan viloyatida davom etayotgan surunkali yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari 10 kishining umriga zomin bo‘ldi. 1,2 ming kishi shoshilinch ravishda xavfsiz joylarga ko‘chirilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
19 iyuldan buyon viloyatning 45 uyezdida yomg‘ir to‘xtagani yo‘q. Buning natijasida ayrim joylarda suv toshqinlari va ko‘chkilar sodir bo‘lgan.
Tabiiy ofat 223 mingga yaqin inson tashvishiga sabab bo‘lgan. 200 ta bino vayron bo‘lib, yana 2,4 ming inshootga talofat yetgan.
Bevosita iqtisodiy talofat 40 mln dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025