Jahon | 19:02 / 25.07.2017
5905
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Mamnun Husaynga Lahorda yuz bergan portlash tufayli hamdardlik bildirdi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Maktub matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

“Pokistonning Lahor shahrida sodir etilgan portlash oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi. 

Ushbu ayanchli voqea munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun Pokiston xalqiga chuqur ta'ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz”, - deyiladi Mirziyoyevning hamdardlik maktubida.

Mavzuga oid