Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota bir necha daqiqa ichida quvvatlanuvchi elektromobil ishlab chiqaradi
Yaponiyaning Toyota avtokonserni bir necha daqiqa ichida quvvatlanuvchi elektromobil yaratmoqda. Bu haqda yapon nashrlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, elektromobil sotuvga 2022 yildan oldin chiqarilmaydi. Mashina hozirda elektromobillarda ishlatiluvchi litiy-ionli batareyalardan farqli, qattiq jismli batareyalarda ishlaydi. Bu esa quvvatlash vaqtini ancha tezlashtirishga imkon beradi. Biroq Toyota’da bu ma'lumotlarga izoh berishni istashmadi.
Toyota Xitoyda 2019 yildan elektromobillar ishlab chiqarmoqchi. Bu model hozirda mavjud C-HR modeli negizida quriladi va litiy-ionli batareyalarda ishlaydi.
Elektromobillarda qattiq jismli batareyalarni qo‘llash sohasidagi tadqiqotlar bilan birdaniga bir nechta kompaniya, jumladan Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Bu batareyalar litiy-ionlilarga nisbatan ancha samarali va energiya sig‘imdor hisoblanadi, biroq hanuzgacha birorta ham kompaniya ularni elektromobillarda qo‘llashga moslashtirmagan.
Toyota hozirda bir nechta elektroavtomobillar ishlab chiqarmoqda: ular litiy-ionli akkumulyatorlarda ishlovchi ixcham shahar avtomobillaridir.
Mavzuga oid
09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?
11:26 / 13.01.2025
Toyota qurayotgan aqlli shahar kuzda aholini qabul qilishni boshlaydi
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
21:18 / 17.12.2024