Sport | 23:32 / 26.07.2017
14768
1 daqiqa o‘qiladi

FourFourTwo jurnali barcha davrlarning eng yaxshi 100 futbolchisini e'lon qildi

FourFourTwo jurnali o‘z talqiniga barcha davrlarning eng yaxshi 100 nafar futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Hozirgacha jurnal. 100-o‘rindan 18-o‘ringa qadar bo‘lgan nomlarni e'lon qilishga ulgurdi. TOP-20likka qadar jurnal har o‘nta futbolchilar bilan tanishtirib kelayotgandi. Shu kunga qadar tuzib chiqilgan ro‘yxatdan eng yosh futbolchi sifatida Neymar o‘rin olgan bo‘lsa, shuningdek Zlatan Ibrahimovich, Rayan Giggz, Roberto Karlos kabi bugungi va yaqin o‘tmishning yulduzlarini uchratish mumkin.

Darvozabonlar o‘rtasida yagona oltin to‘p sohibi sifatida e'tirof etib kelinayotgan Sobiq Ittifoq terma jamoasi futbolchisi, 1956 yilgi olimpiada chempioni, 1960 yilgi Yevropa chempioni Lev Yashin reytingda 22-o‘rindan joy olgan. Paolo Maldini esa kuchli 20talikni boshlab bergan.

Mavzuga oid