Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Jingpin: Xitoy eng kuchli armiyani tuzishi kerak
Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jingpin Xitoy xalq-ozodlik armiyasi tashkil etilganiga 90 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy parad vaqtida nutq so‘zladi. U o‘z chiqishida mamlakat ayni vaqtda har doimgidan ko‘proq armiya kuchiga muhtojligi haqida gapirgan.
Davlat rahbari tinch hayot har qanday xalq uchun mukofot ekanini tinchlikni saqlash esa xalq armiyasi vazifasi ekanini aytgan.
«Bugun biz xitoy xalqining qayta uyg‘onishi yo‘lidagi maqsadimizga yetishga yaqinmiz. Shu tufayli biz tariximizdagi eng kuchli armiyani tuzishimiz kerak», degan u.
Xitoy rahbari shuningdek, armiya mamlakatni va xalqni himoya qila olishi, xavfsizlikni ta'minlab, taraqqiyotni kafolatlashini qo‘shimcha qilgan.
U harbiylarning jangovar tayyorgarligini yanada yaxshilash hamda qurolli kuchlarni modernizatsiya qilishni davom ettirishga chaqirgan.
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi 1927 yil 1 avgustida tashkil etilgan. 2015 yil sentabrida Si Jingpin Xitoy 2017 yil oxiriga qadar mamlakat armiyasi harbiylari soni 300 mingga qisqarishini ma'lum qilgandi. Shunga qaramasdan hozirda Xitoy armiyasi dunyodagi eng yirik armiya hisoblanadi, uning tarkibida 2 million harbiy xizmatchi bor.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
18:43 / 07.05.2025
Qozog‘istonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi
01:15 / 01.05.2025
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
17:52 / 19.04.2025