Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara G‘arbni ikkiyuzlamachilikda aybladi
Turkiya ichki ishlar vaziri Suleyman So‘ylu G‘arb davlatlarini Anqaraga nisbatan noxolis munosabatda aybladi.
Uning aytishicha, G‘arb Turkiyaning oldinga intilishga har urinishida uning yo‘lida g‘ov bo‘ladi. Bu holat oxirgi 15 yildan beri kuzatilmoqda.
So‘yluning ta'kidlashicha, katta davlatlar o‘z ta'sir hududlaridagina tinchlikni ta'minlaydilar.
“Kurdiston ishchi partiyasi ko‘makni olislardan olmayapti. Nomlari Turkiya IIV «qizil ro‘yxati”ga kiritilgan terrorchilar yashash uchun ruxsatni Janubiy Koreyada olmayaptilar. KIPning Suriyadagi shoxobchasi – PYD (Demokratik ittifoq) Yaponiyadan qurol bilan ta'minlanmayapti. Ya'ni ochiqchasiga yanglish tanlov. Gap G‘arbning ikkiyuzlamachiligida ketmoqda”, deb aytgan turk vaziri.
Uning ta'kidlashicha, G‘arb iqtisodiy va siyosiy manfaatlari yo‘lida odamlar o‘limini inkor etmoqda va eng yomoni – irq, din va millat bo‘yicha tahqirlash yo‘nalishini olib borib, ularni odam o‘rnida ko‘rmaydi.
“Ochiqchasiga aytishim mumkin, bir qator davlatlar boy, biroq madaniy nuqtai nazardan emas. Bu tuzilmalar insonga foyda keltirmay, faqatgina muammolar yaratadi. Boshqa davlatlarda harbiy to‘ntaruvlar rejalarini amalga oshirishga urinib operatsiyalar o‘tkazish rivojlanganlik alomati emas. Afrikaning ba'zi davlatlarida hukumatni ag‘darish, urushga undash – bu muvaffaqiyat emas”, deb qo‘shimcha qilgan So‘ylu.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025