Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng boy rossiyaliklar reytingi yetakchisi o‘zgardi
«Severstal» asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov Forbes Real Time reytingi birinchi pog‘onasidan «Novatek» hammuassisi Leonid Mixelsonni tushirib yuborib, Rossiyaning eng boy biznesmeniga aylandi, deb yozadi Forbes.
Ayni paytda Mordashovning boyligi 16,8 milliard dollarga baholanmoqda. Mixelsonning yiqqan-tergani — 16,2 milliard dollar. Uchinchi o‘rinda avvalgidek, Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisin bormoqda (16,1 milliard).

Forbes’ning tushuntirishicha, reyting yetakchiligidagi o‘zgarish «Novatek» aksiyalari narxining tushishi natijasida Mixelsonning boyligi miqdori kamaygani tufayli yuz bergan. Agar yillik reyting tuzilishida gaz qazib chiqaruvchi kompaniyaning qimmatyubaho qog‘ozlarining donasi 13,3 dollardan sotilgan bo‘lsa, 31 iyul kuni ularning bahosi 10,2 dollardan bo‘lgan. Natijada, Mixelson kapitalining baholash qiymati 2,2 milliard dollarga kamaygan.
Aprel oyida Forbes «Novatek» hammuassisining boyligini 18,4 milliard dollarga baholab, ketma-ket ikkinchi yildirki, uni Rossiyaning eng boy biznesmenlari ro‘yxatining birinchi pog‘onasiga joylashtirgan edi. Ikkinchi o‘rindagi Mordashovning boyligi 17,5 milliard dollarga baholanayotgan edi. Uchinchi o‘rinni hozirgidek Lisin egallagandi.
Aprel oyidagi reytingda Alisher Usmonov 15,2 milliard dollar boylik bilan Gennadiy Timchenko (16 mlrd.) dan keyin beshinchi pog‘onani egallab turgan edi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025