Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekenergo» Qandim gazni qayta ishlash zavodini EUTga uladi
«O‘zbekenergo» AJ «Qandim gazni qayta ishlash zavodini tashqi elektr ta'minotini qurish» loyihasini yakunladi. U mazkur loyiha doirasida barcha qurilish-montaj ishlarini poyoniga yetkazdi. Kompaniyaning joriy yil birinchi yarim yilligiga doir hisobotda shu haqda so‘z boradi.
Kompaniyaning qayd etishicha, loyiha doirasida 89,4 kmlik «Buxoro-Qandim» elektr uzatish liniyasi podstansiyasi 220 kV kuchlanishli liniyaga ulangan. Loyiha qiymati 80 mln dollarga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, «Lukoyl» kompaniyasi «O‘zbekneftegaz» bilan hamkorlikda 2004 yildan beri Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot loyihasi doirasida Qandim loyihasini amalga oshirib keladi. Qandim konlari guruhiga oltita gaz kondensatli konlar - Qandim, Quvachi-Olot, Oqqum, Parsonko‘l, Xoji va G‘arbiy Xoji konlari kiradi.
Qandim gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati 2017 yil dekabrida foydalanishga topshiriladi.
Mavzuga oid
21:35 / 30.01.2025
Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisini qabul qildi
14:41 / 19.07.2024
Slovakiyaga Ukraina orqali «Lukoyl»dan neft yetib kelishi to‘xtadi
18:09 / 04.07.2024
“Lukoyl”ga nisbatan narxlarni sun’iy oshirish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi
20:29 / 01.09.2022