Jamiyat | 10:10 / 02.08.2017
17020
4 daqiqa o‘qiladi

Doktor Bubnovskiy markazi bilan harakatdan to‘xtamang!

"Hayot bu harakat demakdir, biroq vaqtida chora ko‘rilmasa, umurtqa pog‘onasi yoki bo‘g‘imlardagi og‘riqlar harakatlarga halaqit bera boshlaydi".

Professor S.M.Bubnovskiy

Rossiyadagi Doktor Bubnovskiy markazining Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi litsenziyalangan bo‘limi hech qanday dori vositalari, ukol va jarrohlik aralashuvisiz tayanch-harakat tizimi kasalliklari, jumladan umurtqa diski churrasi, tos-son va tizza bo‘g‘imlari artrozi, insultdan keyingi harakatlanishdagi muammolar, diskektomiya yoki laminektomiya, tos-son va tizza bo‘g‘imlari endoprotezidan keyingi holatlardagi muammolarni bartaraf etishda yordam beradi.

Markaz Toshkent shahridagi faoliyatini nisbatan yaqinda boshlaganiga qaramay, qator davlatlar (Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Estoniya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va b.)dagi filiallar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan klinikalar o‘nligiga kiritildi va shaxsan professor S.M.Bubnovskiyning o‘zi tomonidan yuqori baholandi.

Bubnovskiy markazidagi davolanish jarayoni shifokor-kineziterapevtning bir necha bosqichli konsultatsiyasidan boshlanadi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, bemorga muayyan tashxis qo‘yiladi va uning yoshi, jinsi hamda mavjud kasalliklaridan kelib chiqib, individual davolash dasturi tuziladi.

Doktor Bubnovskiy markazida qanday Profilaktik dasturlar amalga oshiriladi?

  • Vegetativ-tomir distoniyasi va surunkali charchash sindromi profilaktikasi;
  • II turdagi qandli diabet, aterskleroz, gipertonik kasallik, yurak ishemik kasalliklarida sog‘lomlashtirish dasturlari;
  • Ortiqcha vazn, tsellyulit, bo‘g‘im yetishmovchiligi korrektsiyasi;
  • Bavosil, rektal yoriq, prostatit, surunkali tos og‘riqlari, bachadon miomasi, endometrioz  profilaktikasi;
  • Bolalar va o‘smirlarda umurtqa pog‘onasi tizimidagi buzilishlar (turli murakkab darajadagi skoliozlar, Sheyyerman-Mau, yassioyoqlik) korrektsiyasi;
  • Homiladorlarda (8 oygacha) bel sohasidagi og‘riqlar profilaktikasi va tug‘uruqdan keyingi umumiy tiklanish.

Doktor Bubnovskiy markazini tanlash uchun 8 sabab:

  • bu yerda har bir mijozga alohida yondashiladi;
  • markazda faqat o‘z ishining ustalari faoliyat olib boradi, shifokorlar yilda bir marta Moskva shahrida malaka oshirib, imtihondan o‘tishadi va ularning faoliyati doimiy nazorat ostida bo‘ladi;
  • kasalliklar dori vositalarisiz, jismoniy harakatlar yordamida tabiiy yo‘l bilan davolanadi;
  • markazda davolanish jarayonida o‘zingizni oila davrasidek his qilasiz;
  • muassasadagi jismoniy harakatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan uskunalar shaxsan professor S.M.Bubnovskiy buyurtmasiga ko‘ra ishlangan va Toshkentga keltirilgan;
  • to‘lovning barcha usullari mavjudligi katta qulaylik yaratadi;
  • kafolatli xizmat ko‘rsatiladi.

Ma'lumot uchun: Sergey Mixaylovich Bubnovskiy - professor, tibbiyot fanlari doktori, zamonaviy kineziterapiya asoschisi.

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:

+998 971 277 60 82

+998 97 155 75 78

Manzil: Toshkent shahri, Gagarin ko‘chasi, 41-uy

Toshkent shahridagi filial sayti: http://www.bubnovsky.org/centers/tashkent/

Facebook'dagi sahifamiz: @tashkent.bubnovsky.org

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid