Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli san'atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi
3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda “Ilhom” yangi jamoat fondi tashkil etiladi. Bu jamoat fondi bastakorlar, yozuvchilar, jurnalistlar va rassomlar uchun bo‘ladi.
Shuningdek, Zominda “Yozuvchilar uyi” qurilishi ma'lum qilingan. U yerda bitta xona har bir yozuvchiga ijod qilish uchun bir yilga beriladi. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Oliy adabiyot kursi tashkil etiladi.
Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, madaniyat vaziri O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rektor bo‘ladi. Madaniyat vazirligiga esa Taras Shevchenko ko‘chasidagi “Asakabank” binosi beriladi.
Madaniyat va san'at oliygohlari, san'at-musiqa maktablari faoliyati tubdan ko‘rib chiqiladi. Har bir musiqa maktabiga taniqli san'atkorlar direktor etib tayinlanadi. Xususan, Ozodbek Nazarbekov, G‘ulomjon Yoqubov, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova shunday maktablarga direktor bo‘lishi aytilgan. Bundan tashqari, Afzal Rafiqov yosh diktorlar maktabiga rahbar bo‘lishi xabar berildi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025