O‘zbekiston | 18:30 / 03.08.2017
12486
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyati jiddiy isloh qilinadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan.

Tadbirda taniqli madaniyat namoyandalari, shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san'ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san'atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etgan.

Xabar berishlaricha, 2002 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bugungi faoliyati, jumladan, qabul kvotalari, o‘quv dasturlari va qo‘llanmalari, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va ijodiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi, yotoqxonalarning ahvoli talabga javob bermay qolgan.

«Bugungi kunda bu yerda 700 nafar o‘rniga 1352 nafar talaba tahsil olmoqda va bu ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatyapti», — deyilgan Prezident sahifasida e'lon qilingan axborotda.

Shu sababli O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, eski konservatoriya binosini qaytarib berish bo‘yicha Prezident qarori tayyorlanmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid