AQShda Lexus superkarining 10 dan ortiq sotilmagan yangi nusxasi topildi
Lexus kompaniyasining AQShdagi dilerlari ixtiyorida 12 ta yangi, sotilmagan LFA superkari borligi aniqlandi. Bu haqda Autoblog nashri batafsil to‘xtalgan. Ushbu modelni ishlab chiqish 2012 yilda to‘xtatilgan.
Ammo sotilmagan superkarlarning topilishi quyidagicha izohlanmoqda. Gap shundaki, 2010 yili buyurtmalar soni keskin pasaya boshlagan. Mashinalar zavodda qolmasligi uchun ishlab chiqaruvchi dilerlar va LFA’ning boshqa egalariga model nusxalaridan qo‘shimcha xarid qilishni tavsiya qildi. Bungacha ularda bunday imkoniyat mavjud emas edi. Shu yo‘l bilan Lexus tovlamachiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilgan.
Shu bilan birga, AQShdan boshqa mamlakatlarda bu mashinadan necha dona sotilmay qolgani ma'lum emas.
Lexus superkari Yaponiyaning Ayti prefekturasidagi zavodda ishlab chiqilgan bo‘lib, 2012 yil 14 dekabrdan model konveyeri to‘xtatilgan. Undan atigi 500 dona ishlab chiqilgan. So‘nggi LFA Yevropaga 2013 yil martida yetkazilgan. Uni restorator Nikolas Shilling xarid qilgan.
Lexus LFA 4.8 litrli V10 motor bilan jihozlangan. U 6 diapazonli AUQ bilan hamkorlikda superkarni harakatga keltiradi. Dvigatel quvvati 560 ot kuchiga teng. Mashina joyidan soatiga 100 km tezlikka 3,7 soniyada erishadi. Uning eng yuqori yezligi soatiga 325 kmni tashkil etadi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024