Jamiyat | 17:38 / 04.08.2017
38372
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarbekovdan yangi asar yoki yigit uchun Vatan deb yashamoq go‘zal

O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov yangi ijod namunasini taqdim etdi. Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan yangi qo‘shiq “Mendirman” deb nomlandi.

Qo‘shiq vatanparvarlik ruhida yozilgan bo‘lib, klipi ham zamonaviy effektlardan foydalanilgan holda ishlangan. 

Ozodbek Nazarbekovning Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qilishicha, g‘oya tug‘ilishidan to loyihaning tugashigacha deyarli 2 yil vaqt o‘tgan. Qo‘shiq she'ri shoir Botirjon Ergashev qalamiga mansub. Bastakorlar - Nodir Umarov, Aziz Xolmurodov. Klip esa 9999 studiyasi tomonidan olingan.

Qayd etish joizki, so‘nggi paytlarda milliy estradada tarixiy ajdodlar tasvirlangan va ularga bag‘ishlangan asarlar biroz kamaygan edi. Musiqiy klipni tomosha qilish jarayonida Jaloliddin Manguberdi shaxsiga yangicha nigoh bilan nazar tashlash imkoni yaratilgan. Vatanning jasur himoyachisi qiyofasi yoshlardagi vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirishi shubhasiz.

Mavzuga oid