O‘zbekiston | 18:31 / 05.08.2017
36687
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun viza olish tartibini soddalashtirdi
XXRning Toshkentdagi elchixonasi 2017 yilning 1 avgustdan Xitoyga xizmat va tijorat maqsadida boruvchi O‘zbekiston fuqarolariga viza olish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratdi.
Vazirlik va idoralarning davlat xizmatchilari uchun vizalar nota, yuqorida ko‘rsatilgan idoralar rasmiy yoki kafolat xatlari va Xitoy tomonining taklifi orqali beriladi.
Ishbilarmon doiralar vakillari uchun esa viza O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining kafolat xati, palatada ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, litsenziya va Xitoy tomonining taklifi orqali beriladi.
Ikkala holatda ham XXR mas'ul organi tomonidan rasmiy taklif berilishi majburiy emas.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
22:50 / 04.09.2024
AQSh xorijlik talabalarga viza berish jarayonini soddalashtirdi
13:09 / 31.08.2024