Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqqada taxminan 2 ming terrorchi qoldi - koalitsiya
Suriyaning Raqqa shahrida taxminan 2 ming terrorchi qoldi, deb xabar berdi AQSh prezidentining IShID bilan kurash bo‘yicha Xalqaro koalitsiyadagi maxsus vakili Brett MakGerk.
«IShID Raqqaning har bir joyini ushlab qolmoqchi, u omon qolish uchun kurashmoqda», - deya xabar bergan MakGerk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yildan beri IShID terrorchilik guruhidan Suriya va Iroqning taxminan 70 ming kv. km. hududi ozod qilindi.
«Iroqda terrorchilar egallab olingan yerlarning 78 foizi ustidan nazoratni yo‘qotdi, Suriyada esa – 58 foiz ustidan. So‘nggi 6 oy ichida IShIDdan taxminan 20 ming kv. km. hudud ozod qilindi», - deya aniqlik kiritdi maxsus vakil.
Shuningdek, MakGerkning ta'kidlashicha, Iroqning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri – Mo‘sulni ozod etish bo‘yicha amaliyot yakunlandi, hamda hozirgi paytga kelib, Raqqa hududining 45 foizi ozod etilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025