Jahon | 21:54 / 06.08.2017
6636
1 daqiqa o‘qiladi

Erondagi aviabazada harbiy uch nafar xizmatdoshini otib tashladi

Foto: Fotolia / Borna_Mir

Eronlik harbiy Tehron viloyati janubidagi harbiy aviabazadagi birga xizmat qiluvchi xizmatdoshlarini o‘qqa tutdi. Buning oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Bu haqda Kaxrezak shahri kengashi rahbariga iqtibos keltirgan holda Mehr axborot agentligi xabar berdi

Axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, otishma Kaxrezak shahrida yuz bergan. Halok bo‘lganlardan biri zobit, qolganlari oddiy askarlar bo‘lganlar. Harbiylar javob o‘ti ochib, hujum qilgan harbiyni bartaraf etishgan.

Barcha yaralanganlar shaharning janubidagi harbiy-havo kuchlari gospitaliga yetkazilganlar.

Harbiyning hujumi sabablari va voqea tafsilotlari hozircha noma'lum.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid