Light | 15:48 / 06.08.2017
58763
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz ofis izlamoqda

Kun.uz barcha manfaatdor tashkilotlar va shaxslarga ajoyib taklif bilan chiqmoqda. Tahririyat qo‘shimcha ofisga ko‘chib o‘tish rejalari borligi sababli, bu borada tegishli takliflarni qabul qiladi. 

Ofis maydoni taxminan 100-150 kvadrat metr bo‘lishi, alohida xonalarga ajratilgan, metropoliten bekatiga yaqin joyda joylashgan bo‘lishi kerak. 

Ofis qaysi qavatda bo‘lishi muhim emas. Muhimi, tahririyat xodimlari dam olish kunlarisiz ishlashidan kelib chiqqan holda jurnalistlarga to‘laqonli ishlashga sharoit yaratib berish.

Ofis Toshkent shahrining asosan “Istiqlol” san'at saroyi, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Milliy bog‘”, “Novza” metro bekatlariga yaqin yerda, yo‘lning qatnov qismiga yaqin masofada joylashgan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, Toshkent shahrining boshqa hududlari bilan bog‘liq variantlarni ham ko‘rib chiqamiz.

Tegishli takliflar uchun telefon raqami - +998 90 9959623

Elektron manzil: info@kun.uz

Mavzuga oid