Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple o‘z rivojlanishining yangi yo‘nalishini belgilab oldi
Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning rasmiy biznes-strategiyasiga xizmatlar (servislar) yaratishni qo‘shishga qaror qildi. Kuk investorlarga taqdim qilgan hisobotga ko‘ra, xizmatlar kompaniyaning daromadi kattaligi bo‘yicha ikkinchi moddasiga aylandi.
"Oxirgi 12 oy ichida xizmatlarimiz keltirgan daromad Fortune ro‘yxatiga kiruvchi ba'zi kompaniyalar kapitallashuvi bilan tenglashdi. Biz bunga kutganimizdan ham ertaroq erishdik", deb aytgan Kuk.
Ba'zi tahlilchilarning fikricha, Apple’ning yangi biznes-strategiyaga o‘tishi kompaniya kelajagini belgilovchi rivojlanishning yangi modeli ibtidosi hisoblanadi.
Shunga o‘xshash vaziyat 1990-yillar o‘rtalarida yuz bergan. O‘shanda Stiv Jobs tomondan boshqariluvchi Apple o‘z nomidagi Computer so‘zidan voz kechib, e'tiborini mobil qurilmalar yaratishga qaratgan.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025