Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzda «Tozalash» tadbiri: taqiqlangan ekinlarni yetishtirgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 6 avgust kuni Shahrisabz tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan taqiqlangan ekinlarni yetishtirgan va giyohvandlik vositalarini qonunga hilof ravishda saqlagan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Shahrisabz tumanida o‘tkazilayotgan «Tozalash» tadbiri davomida «Qushxona» mahallasi, Nurli Kelajak ko‘chasida yashovchi, 1967 y.t. B.A. uyining hovlisida 4 (to‘rt) tup yashil rangli o‘tkir hidli o‘simlik ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
Xodimlar tomonidan B.A.ning uyi ko‘zdan kechirilganda, hovlida turgan katta qozon ichida ikki dona gugurt qutida joylashgan yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tuman IIB tomonidan joriy yilning 6 avgust kuni fuqaro B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi, 1-qismi va 276-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
11:50 / 25.03.2025