Fan-texnika | 08:38 / 08.08.2017
16456
3 daqiqa o‘qiladi

Olimlar o‘zi yuradigan mashinalarni aldab ko‘rishdi

Vashington universiteti olimlarining aniqlashicha, muqobil boshqaruvli avtomobillarni noto‘g‘ri qaror qabul qilishga majburlash juda ham oson. Tadqiqotchilar muqobil mashinalar tizimini noto‘g‘ri yo‘l belgilari bilan adashtirishning uddasidan chiqishdi

Tajriba uchun atigi bir necha yo‘l belgisi va rangli stikerlar kerak bo‘ldi. Olimlar  avtopilot uchun ko‘rinishi o‘zgargan belgilar qanchalik xavfli ekanini aniqlashga qaror qilishdi. Chunki, aynan kameralar orqali ko‘rilgan tasvirlar ko‘p jihatdan avtopilotning o‘zini tutishiga asos bo‘ladi. Ma'lum bo‘lishicha, yopishqoq tasmalar bilan o‘zgargan yo‘l belgilari deyarli har bir holatda tizimning kutilmagan qaror qabul qilishiga olib keldi. 

Masalan, «Stop» belgisi bilan bog‘liq holatda tadqiqotchilar yo‘l belgisiga asosiy tasvirni to‘sib qo‘ymaydigan darajada bir nechta uncha katta bo‘lmagan to‘g‘ri burchakli stikerlarni yopishtirishdi. Biroq avtopilot bu belgini tezlik cheklangan ishorasi sifatida qabul qildi. Boshqa bir tajribada ayni shu belgining o‘rtasidagi «stop» so‘zi ustiga va pastiga so‘zlar yozildi. Yana birida yengil zararlangan holatga keltirishdi. Bu holatlarda ham boshqaruv tizimi uni tezlik cheklangan ishorasi sifatida qabul qildi.

Bundan tashqari, mutaxassislar «Harakat faqat o‘ngga» belgisini o‘zgartirib ko‘rishdi. Avtopilot yo‘l belgisi yuzasiga yopishtirilga kulrang stikerlar tufayli uni «Stop» belgisi deb tanidi.

Olimlar hisobotida aytilishicha, bu va boshqa tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, muqobil harakatlanuvchi avtomobillar arzimagan narsalar sabab o‘zlarini qanchalik xavfli tutishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga oddiy narsalar bilan avtopilotga ta'sir ko‘rsatish mumkinligi ham oydinlashadi. 

Bunda tadqiqotchilar biror ishlab chiqaruvchining avtopilotli mashinasini sinab ko‘rmagan, balki shu kabi tizimlar uchun ishlab chiqilgan algoritmlr o‘rganilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid