Fan-texnika | 18:03 / 08.08.2017
6387
2 daqiqa o‘qiladi

Uchuvchisiz samolyotlar iqtisodiyotga foyda, faqat unda kim uchadi?

UBS tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, uchuvchisiz samolyotlarning aviatsiya sanoatida qo‘llanishi yiliga 35 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar tejalishi imkonini beradi. Ammo, bir muammo yechimsiz qolmoqda: yo‘lovchilarning faqat 17 foizi shu turdagi xizmatlardan foydalanishga rozi bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

UBS mutaxassislarining fikricha, uchuvchisiz ilk samolyot 2025 yildan xizmat ko‘rsatishi mumkin. Shu davrdan keyingi besh yil ichida masofadan boshqariladigan vertolyot, biznes jyetlar ham ishlab chiqariladi.

Shunga qaramay, ayni paytda amalga oshirilayotgan parvozlar chog‘ida uchuvchi havo kemasi navigatsiyadagi barcha jarayonlarni boshqarib boradi, parvozning keyingi qismi uchun texnik sozlamalar tayyorlaydi.

Odatda kompaniyalar har bir samolyot uchun 10ga yaqin uchuvchini ishga yollaydi. 2017 yildan 2036 yilgacha Boeing kompaniyasining o‘zi 4,100 dona turli havo kemalarini sotishni rejalashtirgan bo‘lib, bu qo‘shimcha 637 ming uchuvchini talab qiladi. Uchuvchisiz parvozlar esa aviachipta narxiga ham sezilarli ta'sir o‘tkaza oladi, ya'ni AQShning o‘zida 11 foizga arzonroq savdo qilish mumkin.

Hozircha bunday texnologiya bilan jihozlangan birinchi havo kemasi yuk tashishda sinab ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish