Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 5 yildan keyin ipakchilikda yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin oladi
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ipakchilik sohasini rivojlantirish borasida amaliy qadamlar tashlanmoqda. Xususan, yangi tashkil etilgan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi ko‘plab horijiy kompaniyalar bilan hamkorlik borasida shartnomalar imzoladi. Masalan, 2018 yilda shunday kelishuvlar biri asosida XXRning “Shandong Guang Tong Silkworm eggs” Co.LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy va Qashqadaryo viloyatilarida elita ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish zavodini barpo etish rejalashtirilgan. Bu haqda uyushma matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Bundan tashqari, ayni vaqtda viloyatlarda kuzgi ipak qurti urug‘ini boqish ishlari boshlandi. Mavsumni samarali o‘tishini ta'minlash hamda pillakorlarning bir yilda ikki marta pilla yetishtirish borasida malakasini oshirish maqsadida Xitoydan malakali mutaxassislar jalb etildi. Ular Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan yangi qurtxonada xodimlarga kuzgi pilla yetishtirish borasida mahorat darslarini o‘tmoqda. Unda uyushma tizimida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning vakillari ishtirok etmoqda.
2018 -2021 yillarda pillani qayta ishlash, yigiruv va ipak mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oltita loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Andijon, Jizzax, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi loyihalar shular sirasidandir. Shuningdek, uyushma tarkibidagi o‘ttizdan ortiq qayta ishlash korxonasida modernizatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Buxoro brilliant silk” QKda Shveytsariya, Italiya, Germaniya davlatlarining eng ilg‘or texnologiyalari o‘rnatilmoqda. Andijon viloyatidagi “Harir tola” MChJ, Buxoro viloyatidagi “Romstar” QKga Xitoydan pilla chuvash, qayta o‘rash, ipak momig‘i ishlab chiqarish uskunalari qo‘shimcha ravishda keltirilib, montaj ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, 18 ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish korxonasida ham texnologik yangilash loyihalari boshlab yuborildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar O‘zbekistonning besh yildan keyin ipak ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi va eksport qilishda yetakchi hisoblangan davlatlar qatoridan joy egallashini ta'minlashi kerak.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025