Jahon | 22:49 / 09.08.2017
7852
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Chikago shahrida ko‘chadagi odamlar o‘qqa tutildi

AQShning Chikago shahrida noma'lum kimsalar ko‘chadagi odamlarni o‘qqa tutdilar, deb xabar bermoqda ABC News telekanali. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, bir necha erkak 8 avgust mahalliy vaqt bilan soat 22:30larda yo‘l chetidagi odamlarga o‘q uzgan. Oqibatda kamida 6 kishi yaralangan, bir kishi halok bo‘lgan. Keyinroq qurbon nomi ma'lum qilingan, u 28 yoshli Alfred Mitchell bo‘lib chiqqan.

Jabrlanuvchilardan biri qarindoshining aytishicha, jinoyatchilar qo‘shnilari bilan barbekyu tayyorlayotgan katta oila a'zolarini o‘qqa tutishgan. Ular orasida bolalar ham, keksalar ham bo‘lgan.

Voqea Bronzevil tumani politsiya boshqarmasidan 2 mavze berida yuz bergan. Jinoyatchilar voqea joyidan yashirinishgan, ular qidirilmoqda. 

Politsiyachilarning aytishicha, jinoyatchilar kuzatuv kameralariga muhrlangani ehtimoli katta. "Biz ko‘chadagi ba'zi binolarda joylashgan kuzatuv kameralaridan biri jinoyatchilar avtomobili va uning raqamini qayd qilganiga umid qilmoqdamiz", deb aytgan Chikagoda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi faollardan biri. Uning aytishicha, hozircha politsiyada boshqa ma'lumotlar yo‘q.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid