Jahon | 14:42 / 09.08.2017
8670
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh bombardimonchilari KXDR tahdidlariga tayyorlanish uchun Guamdan parvoz qildi

Foto: EPA

AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita B-1B Lancer strategik bombardimonchisi Guamdagi harbiy bazadan, KXDR orolga raketa zarbalari berish niyatida ekanini ma'lum qilganidan biroz avval uchib ketdi, deb xabar bermoqda Fox News.

Ta'kidlanishicha, samolyotlar Janubiy Koreya va Yaponiya bilan qo‘shma o‘quv missiyalarini o‘tkazgan.

Missiya Tinch okeani ustida taxminan 10 soat davomida o‘tkazildi. Bombardimonchilar uchuvchilari nishonni tutish va havoda birgalikda ishlash bo‘yicha mashg‘ulot olib borishgan.

Avvalroq Shimoliy Koreya AQSh strategik bombardimonchilarining Guam orolidagi AQSh bazasidan parvoz qilishiga javoban bu baza joylashgan hududga raketa zarbasi berish rejasini tuzayotgani xabar qilingandi. Keyinchalik esa Guam gubernatori KXDRning tahdidiga javob qaytardi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid