Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada haydovchisiz avtomobillar uchun infratuzilma yaratiladi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiyada haydovchisiz transport harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratishga doir masalalarni o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi. Bu haqida hukumat matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Medvedev hukumat raisi o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovichga haydovchisiz avtomobillar harakati uchun yo‘l-transport infratuzilmasi obektlari ro‘yxatini tuzish vazifasini topshirdi. Yangi infratuzilma vositalari bilan jihozlash ishlarini yirik shaharlar, shuningdek «Shimol – Janub» va «G‘arb – Sharq» transport koridorlarida olib borish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Medvedev jamoatchilik transporti va yuk mashinalarida yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga yo‘naltirilgan "sun'iy intellekt" tizimini qo‘llash masalasini o‘rganib chiqish vazifasini ham berdi.
Energetika vazirligi, Savdo-sanoat vazirligi va "Rostexnadzor"ga avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda zaryadlovchi stansiyalarda joylashuv va ekspluatatsiyaga doir yagona talab o‘rnatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025