Jahon | 18:27 / 10.08.2017
9877
2 daqiqa o‘qiladi

Arilarni haydashga uringan shaxs tasodifan o‘z uyiga o‘t qo‘ydi

Kanadaning Tander-Bey shahrida (Ontario viloyati) yashovchi shaxs arilarni haydab yuborish chog‘ida o‘z uyiga tasodifan o‘t qo‘ydi, deb xabar bermoqda UPI.

Uy egasi hasharotlarni yo‘qotish usulini o‘ylab topishgan uringan. Bu vaqtda uning otasi arilar uyasiga benzin sepib, so‘ng unga o‘t qo‘ydi. Olov tashqi devor bo‘ylab tezda tarqaldi va yerto‘laga qadar yetib bordi.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish xizmati xodimlari devorni buzishga majbur bo‘lishdi. Olov tezlik bilan o‘chirildi, hamda u binoga jiddiy ziyon keltirmadi. Ta'kidlanishicha, hech kim jabrlanmagan: kuyish jarohatlari va ari chaqish holatlari ro‘y bermadi.

Tander-Bey okrugining yong‘in xizmati rahbari Jon Kaplanisning so‘zlariga ko‘ra, hodisa ushbu fuqarolar uchun qimmatga tushgan dars bo‘ldi. «Benzin quyib, so‘ng unga o‘t qo‘yish hech qachon tavsiya etilmaydi, - deya aniqlik kiritdi u. – Hammasi rejadagidan boshqacha kechishi mumkin».

Mavzuga oid