Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»da bir savol bor: Pullar qani?
«Barselona» klubi hamon Neymarning transfer sertifikatini «PSJ» klubiga jo‘natmadi.
As manbasi xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Neymarning transferi uchun 222 mln yevro mablag‘ o‘z hisobiga kelib tushishini kutmoqda. Shundan so‘ng, klub Ispaniya futbol federatsiyasiga futbolchining hujjatlarini jo‘natishga ruxsat beradi.
Qayd etilishicha, bu rasmiyatchilik amalga oshirilmaguncha, Neymar yangi jamoasi tarkibida maydonga tusha olmaydi. U «Amen» (2:0) klubiga qarshi dastlabki tur o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Endi esa 13 avgust kuni 2-tur doirasida «Gengam»ga qarshi kechadigan uchrashuvda ham maydonga tushmasligi mumkin.
L’Equipe ma'lumotiga ko‘ra esa, 18 avgustdan keyin xalqaro sertifikat avtomatik ravishda yo‘llanadi. Hozirda Fransiya futbol ligasi rahbariyati jarayonni tezlashtirishni so‘rab, FIFAga murojaat qilmadi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025