Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo qurol-yarog‘lar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar aksiyalari rekord qo‘ymoqda
AQSh mudofaa vazirligi bilan joriy shartnomalarga ega bo‘lgan mudofaa kompaniyalari qimmatli qog‘ozlari narxlari rekord qo‘ymoqda. Bunga AQSh va KXDR o‘rtasidagi dahanaki jang kuchayib borayotgani sabab bo‘layapti.
Xususan, Lockheed Martin aksiyasi 9 avgust kungi savdolar yopilishida 1,7 foizga o‘sib, 305,22 dollarni tashkil etdi. Bundan avvalroq, kompaniya bosh menejyeri Tim Ke¬xill Lockheed Martin kompaniyasining raketalarga qarshi mudofaa tizimlariga qiziqish yuqori ekanini qayd etgan edi.
Tomahawk qanotli raketalarini ishlab chiqaruvchi Raytheon aksiyasi 2,57 foizga ko‘tarilib, 179,3 dollarga yetgan. Northrop Grumman aksiyasi 1,23 foiz qimmatlashib, 273,1 dollarga, L3 Technologies aksiyasi 2 foizga yuqorilab, 181,73 dollarga yetgani xabar qilinmoqda. Donald Tramp prezident etib saylanganidan beri iShares U.S. Aerospace & Defense ETF indeksi 30 foizga o‘sgan.
Avvalroq, KXDR avgust oyi o‘rtalariga kelib AQShning Guam orollaridagi harbiy inshootlariga zarba berish bo‘yicha rejani ishlab chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025