Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kichik jangovar robotlar musobaqasida g‘alaba qozondi
DJI kompaniyasi tomonidan tashkillashtiriluvchi RoboMasters robotlar o‘rtasidagi musobaqa bir necha yildan beri o‘tkazib kelinadi. Joriy yilda musobaqada 200 jamoa qatnashib, ulardan 32 tasigina finalga yetib bordi. Hal qiluvchi bosqichda esa Janubi-Xitoy texnologiya universiteti vakillari g‘alaba qozondi.
Ta'kidlab o‘tish lozim, RoboMasters bunday turdagi yagona musobaqa emas, biroq eng murakkablaridan biri. “Jangda” har bir tomondan 5 ta avtonom robotlashtirilgan mexanizmlar qatnashadi: muhandis, «tank», dron, jangovar robot va baza himoyachisi. Jamoalar basketbol maydonchasi bilan barobar hududda bellashadi. Ishtirokchi robotlarning har biri datchik bilan jihozlangan. Agarda mo‘ljalga aniq tegilsa, “hayot ochkolari”ning bir qanchasi olib tashlanadi. Agarda “hayot chizig‘i” nolga tenglashsa, robot yo‘q qilingan, deb hisoblanadi. Raqibning bazasi yoki barcha robotlarini yo‘q qilgan jamoa g‘olib sanaladi.
RoboMasters’ning final bosqichlari 20 ta davlatdan 800 mingdan ortiq tomoshabinni onlayn tarzda o‘ziga jalb qildi. G‘olib jamoa to‘rtta final jangida qatnashdi, ularning har biri 7 daqiqa davom etdi. G‘oliblar taxminan 30 ming AQSh dollari olishdi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025