Ayol o‘z farzandini muruvvat uyiga kurerlik xizmati orqali yubordi

Xitoyda ayol o‘z farzandini muruvvat uyiga kurerlik xizmati orqali yubordi. U bolani plastik paketga joylagan, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri.
Ma'lum qilinishicha, kurerlik xizmati xodimi bolani aniqlaganidan so‘ng, bu haqda politsiyaga xabar qilgan. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, u avvaliga paket qimirlayotganini payqagan, so‘ng esa chaqaloq yig‘isini eshitgan.
Chaqaloq shifoxonaga olib ketildi. Tibbiyot xodimlari so‘zlariga ko‘ra, uning ahvoli barqaror, deb baholanmoqda.
Ayni damda ayol politsiya tomonidan qo‘lga olingani aytilmoqda.
Mavzuga oid

16:49
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

14:49
Xitoyda yadroviy bo‘lmagan vodorod bomba sinovdan o‘tkazildi

10:37
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi

15:22 / 19.04.2025